Huawei 1
O‘zbekiston Shveysariyaning Stadler kompaniyasidan poyezd sotib oladi

O‘zbekiston Shveysariyaning Stadler kompaniyasidan ikkita poyezd sotib olish niyatida. Bu haqda 30 sentyabr kuni Senat yig‘ilishida transport vaziri Ilhom Mahkamov maʼlum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi poyezdlar mamlakat temir yo‘llarida sinovdan o‘tkaziladi, so‘ngra ushbu poyezdlarning katta partiyasini sotib olish imkoniyati bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Transport vazirligi rahbari 13-sentyabr kuni Stadler Rail kompaniyasining MDH davlatlari bo‘yicha raisi Aleksandr Luft bilan uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni muhokama qilgandi.

Unda tomonlar hamkorlikning potensial yo‘nalishlarini, jumladan, elektropoyezdlarni xarid qilish, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mahalliy mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, xarid qilinadigan mahsulotlarni O‘zbekistonda mahalliylashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi yo‘lovchi temir yo‘l tarmog‘i ehtiyojlariga muvofiq kompaniyaning potensial imkoniyatlarini va Stadler MDH ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning har bir segmenti uchun kompaniyaning narx siyosatini batafsil o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121300 | Инструменты