Huawei 1
“O‘zbekiston – Singapur” biznes-forumida qator yo‘nalishlar bo‘yicha investitsyaviy bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi

Joriy yilning 24-may kuni Toshkentda “O‘zbekiston – Singapur” biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Uning asosiy maqsadi ishtirokchilarning mamlakatlar milliy iqtisodiyotlarining raqobatdosh ustunliklar va drayverlari haqida xabardorligini oshirish, shuningdek, ikki davlat hukumati va ishbilarmon doiralari o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat bo‘ldi.

Investitsiya sohasidagi munosabatlar va sanoat kooperatsiyasi yo‘nalishidagi hamkorlik kengaytirilmoqda. Singapur kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar soni so‘nggi yetti yilda 3,5 barobar oshdi.

Singapurning yirik kompaniyalari bilan “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika sanoati, ta’lim, turizm, infratuzilmaviy rivojlanish va davlat kompaniyalari aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

O‘z navbatida, Singapur Prezidenti Halima Yaqub sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy va sanoat kooperatsiyasidagi sheriklik ustuvor ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Singapur Prezidenti oliy darajadagi o‘zaro tashriflar natijalarini yuqori baholab, muhim yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga sodiqligini bildirdi.

Yuqori martabali mehmonlar ishbilarmon doiralar vakillariga murojaat qilar ekan, hukumat vakillari qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqladilar. Kompaniya va korporatsiyalar rahbarlarini hamkorlikni kengaytirishga, o‘zaro manfaatli yangi shartnoma va bitimlar tuzishga chaqirdilar.

Tadbir doirasida ta’lim, transport, shaharsozlik va moliyaviy sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan panel munozaralari ham bo‘lib o‘tdi.

Biznes-forum yakunida O‘zbekiston va Singapur ishbilarmon doiralarini qiziqtirgan qator yo‘nalishlar bo‘yicha mustahkam investitsyaviy bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21906 | Инструменты