Huawei 1
Isroil bitimning 2-bosqichi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi

Isroil G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutuvchi sulh bitimining ikkinchi bosqichi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vaziri Gideon Saarga tayanib, Reuters ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu bosqich doirasida qolgan isroillik asirlar falastinlik mahbuslarga almashtiriladi, shuningdek, Isroil G‘azo hududining to‘liq harbiy quroldan xoli bo‘lishini talab qilmoqda. Ikkinchi bosqich bo‘yicha muzokaralar joriy yilning mart oyining 2-sanasiga qadar boshlanishi lozim edi, biroq Qatar hali rasmiy muzokaralar boshlanmaganini ma’lum qilgan.

“Isroil G‘azo hududining “Hizbulloh modeli” asosida boshqarilishiga yo‘l qo‘ymaydi, shuning uchun u to‘liq harbiy quroldan xoli bo‘lishi va Falastin ma’muriyati u yerda ishtirok etmasligi lozim”, deydi Saar matbuot anjumanida.

Nashrga ko‘ra, Isroil arab davlatlari tomonidan G‘azo uchun muqobil reja tayyorlanayotganini biladi. Bu reja AQSh Prezidenti Donald Trampning G‘azo hududini AQSh nazorati ostida qayta qurish taklifiga qarshi ishlab chiqilgan. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ushbu taklif ko‘rib chiqishga arziydi, deb hisoblamoqda.

Saarning ta’kidlashicha, Isroil G‘azo hududining fuqarolik nazoratini HAMASdan Falastin ma’muriyatiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi rejani qo‘llab-quvvatlamaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21902 | Инструменты