“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida G‘allaorol tumanida joylashgan “B. F. E.” xususiy korxonasiga qarashli kompyuter o‘yinlari shaxobchasida elektr hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 184,1 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21904 | Инструменты