Sentabr oyida O‘zbekiston aholisi va tadbirkorlarning kelgusi 12 oylik inflyatsiya kutilmalari o‘sishda davom etdi, bu Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalaridan ma’lum bo‘ldi.
O‘tgan oy oxirida aholi o‘rtasida narx kutilmalari 13,1 foizga (avgust oyiga nisbatan +0,2 foizga), tadbirkorlar o‘rtasida 12,6 foizga (+0,1 foizga) oshdi.
Bu safar ham Toshkent shahri aholi o‘rtasida pessimistik inflyatsiya kutilmalari bo‘yicha yetakchiga aylandi. Rezidentlar inflyatsiyani 15,2 foiz (+0,2), tadbirkorlar 13,3 foiz (+0,3%) darajasida baholamoqda.
Surxondaryo (14,4 foiz), Samarqand (14,1 foiz) va Toshkent (13,7 foiz) viloyatlari aholisi ham narxlar o‘sishining yuqori sur’atlarini kutmoqda.
Toshkent (14,4 foiz) va Jizzax (14,3 foiz) viloyatlari tadbirkorlari kelgusidagi inflyatsiya sur’atlarini boshqa hududlarga nisbatan yuqoriroq bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Sentabr oyida aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlarda narxlar oshishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omil valyuta kursining o‘zgarishi bo‘ldi — respondentlarning 50 foizi ushbu variantni tanlagan (avgust oyida — 42 foiz). Eslatib o‘tamiz, sentabr oxirida dollar milliy valyutaga nisbatan 90 so‘mga (+0,71 foiz) mustahkamlangan edi. Umuman olganda, yil boshidan buyon so‘m atigi 3,1 foizga devalvatsiyaga uchragan.
Ikkinchi o‘rinda ketma-ket beshinchi oy davomida yoqilg‘i-energetika resurslari (elektr energiyasi, gaz) narxlarining oshishi saqlanib qolmoqda. Sentabr oyida so‘rovda qatnashganlarning 47 foizi (46 foizi) bu omil keyingi 12 oy ichida narxlar oshishiga ta’sir qilishini bildirgan.
Kommunal xizmatlar narxlarining oshishi uchinchi o‘ringa tushdi — respondentlarning 45 foizi shunday fikrda (49 foizdan). Buning ortidan ish haqi va pensiyalar — 39 foiz (40 foiz), monopoliyalar va sun’iy narxlarning oshishi — 29 foiz (27 foiz), transport xarajatlarining o‘sishi — 28 foiz (26 foiz).
Tadbirkorlik subyektlari uchun narxlar oshishining asosiy omili ham valyuta kursining o‘zgarishi bo‘ldi — respondentlarning 51 foizi (42 foizdan), kommunal xizmatlar narxining o‘sishi — 46 foiz (47 foiz), shuningdek, yoqilg‘i-energetika resurslari — 44 foiz (45 foiz).
Buning ortidan ish haqi va pensiyalarning o‘sishi — 38% (38%), transport xarajatlarining o‘sishi — 31% (31%), xomashyo narxining oshishi — 27% (26%), yuqori darajadagi soliq yuki — 27% (27%) kabi omillar keladi.
Inflyatsiya kutilmalari eng yuqori daromadga ega (15 million so’mdan yuqori) aholi guruhlari orasida — 14,7 foizdan 15,8 foizgacha (+1,1 foiz) yomonlashdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122217 | Инструменты