Huawei 1
Saida Mirziyoyeva Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yevropa komissari Yozef Sikela bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yevropa komissari Yozef Sikela bilan uchrashdi.

"Bryusselga tashrif davomida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yevropa komissari Yozef Sikela bilan uchrashdik.

O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildik. Oʻzaro munosabatlar bugungi kunda siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Muloqot davomida aniq loyiha va tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Hamkorlik yo‘lida, shu jumladan Markaziy Osiyo miqyosida ochilayotgan yangi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish muhimligi qayd etildi. Biz YI bilan sheriklikni yanada kengaytirishga sodiqligimizni tasdiqladik", deya yozgan Prezident administratsiyasi rahbari. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101113 | Инструменты