Huawei 1
O‘zbekistonning oltin zaxiralari qiymati $35 mlrddan oshib, rekordni yangiladi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi ketma-ket kamayishdan keyin, yanvar oyida ko‘paydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

1-fevral holatiga ko‘ra, regulyator zaxiralaridagi aktivlarning umumiy qiymati bir oyda $1,73 mlrdga yoki 4,2% ga oshib, $42,9 mlrdni tashkil etdi. Ularning hajmi eng yuqori qiymatlarga yaqinlashdi.

Oltin zaxiralari qiymati $3,02 mlrdga — $32,03 mlrddan $35,06 mlrdgacha oshib, rekord ko‘rsatkichini yangiladi. Uning fizik hajmi 12,6 mln troy unsiya (391,9 tonna) oshdi.

O‘tgan oyda O‘zbekistonning valyuta zaxiralari $1,3 mlrdga kamaydi. Ularning hajmi $7,3 mlrdni, shu jumladan, boshqa mamlakatlar markaziy banklari va XVJdagi hisob raqamlarida $442,3 mlnni hamda xorijiy banklarda $6,75 mlrdni tashkil etdi.

Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymati bir oy ichida biroz oshdi — $102,1 mln.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekiston 2024-yilda dunyoning eng yirik oltin xaridorlari o‘ntaligiga kirgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20816 | Инструменты