Huawei 1
O‘zbekiston 2024-yilda dunyoning eng yirik oltin xaridorlari o‘ntaligiga kirdi

2024-yilda oltinga bo‘lgan global talab rekord darajaga — 4 974 tonnaga yetdi, bu oldingi yilga nisbatan 1% ga ko‘pdir. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) ning yillik hisobotida keltirilgan.

Markaziy banklarning faol xaridlari va investorlarning yuqori qiziqishi o‘sishning asosiy “drayveri” bo‘ldi. Kengash ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining sof oltin xarid qilish hajmi 11 tonnani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bilan mamlakat dunyoda to‘qqizinchi o‘rinda turibdi.

Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlaridagi yuqori qazib olish hisobiga O‘zbekistonda oltin ishlab chiqarish hajmi 8% ga oshdi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekistonda oltin quymalar narxi rekord darajada oshgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20715 | Инструменты