Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Qirg‘izistondagi Qambarota GES-1 qurilishining birinchi bosqichiga $150 mlngacha ajratishni ko‘rib chiqadi, deya xabar berdi Qirg‘iziston Energetika vazirligi bank rahbariyati bilan muzokaralar yakunida.
Vazirlikning fikricha, OTB loyihani moliyaviy, ekspert va texnik qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynashi mumkin.
Uchrashuv davomida tomonlar investitsiyaviy hamkorlik shartlari, loyihaning boshqa potensial ishtirokchisi — Jahon banki bilan moliyalashtirish bosqichlarini kelishish masalalarini muhokama qildilar.
Qirg‘iziston Energetika vazirligi vakillari elektr stansiyasini qurish katta sarmoya va ishonchli hamkorlarning ishtirokini talab qilishini ta’kidladilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81512 | Инструменты