O'zbekiston Bosh konsulxonasida Toshkent shahridagi "Diamond hills" kompaniyasi va BAAning "ECO garden foodstuff trading" LLC kompaniyasi rahbariyati o'rtasida muzokaralar tashkil etildi.Xorij tomoni mamlakatimiz qishloq xo'jaligini isloh qilish, sohaga bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o'rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha ko'rilayotgan muayyan ishlar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, O'zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va yurtimizda yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.
O'zbekistondan keng turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini BAA bozoriga eksport qilish imkoniyatlariga e'tibor qaratildi.
O'tkazilgan muzokaralar natijasida "Diamond hills" va "ECO garden foodstuff trading" kompaniyalari o'rtasida O'zbekistondan quruq mevalarni eksport qilish bo'yicha shartnoma imzolandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30400 | Инструменты