Huawei 1
Ramazon Temirov oxirgi jangidan qancha foyda ko‘rgani ma'lum qilindi

2 martga o‘tar kechasi AQSHning Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan UFC Fight Night turnirida oktagonga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik Ramazon Temirov jangdagi g‘alabasi orqali 40 ming AQSH dollar pul mukofoti sohibi bo‘ldi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli Temirov Charlz Jonson ustidan g‘alaba orqali 18 ming, jang uchun yana 18 ming va homiylardan yana 4 ming dollar pul olgan. Uning raqibi esa mag‘lub bo‘lganiga qaramay 120 ming dollar sohibi bo‘ldi.

Qayd etish joiz, bu Ramazon Temirovning UFC'dagi ikkinchi jangi va ikkinchi g‘alabasi hisoblanadi. Jonson ustidan qozonilgan g‘alaba orqali Temirov o‘z vazni reytingida top-15'ga kirishni uddaladi. Jonson esa Temirov bilan janggacha reytingda 12-pog‘onani band etib kelayotgandi, oxirgi jangdan mag‘lubiyatdan keyin amerikalik jangchi katta ehtimol bilan kuchli o‘n beshtalikni tark etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30400 | Инструменты