Huawei 1
O'zbekiston za'faroni va quritilgan meva-sabzavotlari Avstriyaga eksport qilinadi

"BMB HOLDING" kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov boshchiligidagi delegatsiya 26-27-yanvar kunlari Avstriya poytaxti Vena shahrida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Tashrif doirasida delegatsiya avstriyalik hamkorlar bilan samarali uchrashuvlar o'tkazdi. Ularda mamlakatimiz mahsulotlarini Yevropa bozoriga eksport qilish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, "Agrotec Handels" kompaniyasi rahbari Boris Kandov bilan ikki mamlakat o'rtasidagi savdo aylanmasini oshirish maqsadida yaqin vaqt ichida Vena shahrida Avstriya-O'zbekiston qo'shma korxonasini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Avstriya iqtisodiy palatasining savdo masalalari bo'yicha tegishli bo'linmalari vakillariga "BMB HOLDING" faoliyati, tizimdagi korxonalarida ishlab chiqarilayotgan va yetishtirilayotgan mahsulotlar, eksport imkoniyatlari, mahsulotlarning sifat nuqtai nazardan xalqaro standartlarga muvofiqligi va boshqa shu kabi yo'nalishlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

O'z navbatida, xorij tomoni za'faron hamda quritilgan meva-sabzavotlarga katta qiziqish bildirilib, Avstriyada ushbu mahsulotlarga talab yuqoriligini qayd etdi.

Tomonlar kelgusida ushbu mahsulotlarni Yevropaga eksport qilish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13019 | Инструменты