Huawei 1
Qozog‘iston o‘rtacha ish haqi miqdori bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi deb topildi

Markaziy Osiyo davlatlari orasida oʻrtacha ish haqi boʻyicha Qozogʻiston yetakchilik qilmoqda. MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilingan qiyosiy maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning sentabr oyida Qozogʻiston Respublikasida oʻrtacha nominal ish haqi 817,2 dollarni tashkil etgan, deb yozmoqda Ranking.kz. Taqqoslash oson bo‘lishi uchun ko‘rsatkichlar dollar ekvivalentida keltirilgan.

Qayd qilinishicha, Qozog‘istonda maoshlar O‘zbekiston ($437,8) va Qirg‘izistonnikidan ($411,2) deyarli ikki baravar ko‘p, Tojikiston bu borada ancha ortda qolgan ($242,8). Turkmaniston bo‘yicha ma’lumot yo‘q.Eng kam ish haqi bo‘yicha Qozog‘iston yana birinchi o‘rinda (85 ming tenge yoki 181,1 dollar). Keyingi o‘rinlarni quyidagi mamlakatlar egalladi:

- O‘zbekiston — $89,4;

- Tojikiston — $54,9;

- Qirg‘iziston — $28,3.

Tahlilchilar Turkmanistonga oid ma’lumotlarni ham topdi: eng kam ish haqi 1410 manat (yoki davlat kursi bo‘yicha $402,9, ammo «qora bozor» kursi bo‘yicha $74,2).

Nihoyat, tahlilchilar o‘tgan yilning yanvar-oktyabr oylarida Markaziy Osiyoda iste’mol narxlari o‘sishi darajasini hisoblab chiqdi. 

Inflatsiyaning eng yuqori dinamikasi O‘zbekistonda kuzatilgan – 7,7%. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston 6,6%, Qirg‘iziston 4,2% va Tojikiston 3,2%.

Eslatib o'tamiz, yanvar oyi boshida, O‘zbekiston eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha 154 ta mamlakat orasida 111-o‘rinni egallagani xabar qilingan edi. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qirg‘iziston yiliga 162, soatiga esa 0,08 dollar bilan 148-o‘rindan joy olgan. Tojikiston yiliga 265, soatiga 0,13 dollar bilan 143-o‘rinni egallagan. Mintaqada eng yaxshi natijani Qozog‘iston qayd etgan. U yerda eng kam ish haqi yiliga 1 972, soatiga 0,95 dollarga teng.

Mavzuga oid:

O‘zbekistonda 9 oy ichida aholining o‘rtacha ish haqi 16,4 foizga oshdi

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi

O‘zbekiston hukumati 2025-yilda 200 mingdan ortiq fuqaroni ish haqi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga ishga joylashtirishni rejalashtirmoqda

Maqola muallifi: Malika Norboyeva

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12416 | Инструменты