"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 24-26-yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e'lon qildi.
Unga ko'ra, dam olish kunlari respublikadan sovuq havo massalari chekina boshlaydi. Butun respublika bo‘ylab havo harorati ko‘tarilishi fonida quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ertaga kechasi havo harorati 2-7о sovuq oralig‘ida saqlanib, kunduzi 7-12о iliqqacha ko‘tarila boshlaydi, yakshanba kuni esa kechasi havo harorati 2о sovuq-3о iliqqacha, kunduzi 9-14о iliqqacha ko‘tariladi.
24-25-yanvarda ba'zi joylarda shamol 13-18 m/s gacha tezlikda esadi.
Toshkent va Namangan viloyatlarining to‘g'li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud.
Poytaxtda: Bugun yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati 5-7о iliqqacha ko‘tariladi. Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Ertaga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 3-5о sovuq, kunduzi 8-10о iliq boladi. Yakshanba kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 0-2о iliqqacha, kunduzi 11-13о iliqqacha ko‘tariladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12423 | Инструменты