Huawei 1
Germaniyaning 13 aeroportida ish tashlashlar boshlandi

10-mart, dushanba kuni Germaniyaning eng yirik aeroportlarida 24 soatlik ogohlantiruvchi ish tashlash boshlandi. Germaniya kasaba uyushmasi Ver.di aeroport operatorlari, yer xizmatlari va aviatsiya xavfsizligi xodimlarini norozilikka chaqirdi.

Ish tashlash Berlin-Brandenburg, Shtutgart, Kyoln/Bonn, Dyusseldorf, Dortmund, Myunxen, Gamburg, Frankfurt-na-Mayn, Gannover, Bremen va Leyptsig/Xalle aeroportlariga ta'sir qiladi. Weeze va Karlsrue/Baden-Baden aeroportlarida faqat yo‘lovchilar, xodimlar, yuk va tovarlarni nazorat qilish zonalarida, shuningdek, xizmat ko‘rsatish bo‘limlarida ishlovchi aviatsiya xavfsizligi xodimlari ish tashlashga chaqiriladi.

Germaniya aeroportlari assotsiatsiyasi ADV hisob-kitoblariga ko'ra, Ver.di tomonidan chaqirilgan ish tashlash natijasida 3400 dan ortiq reyslar bekor qilinadi va 510 000 ga yaqin yo'lovchi zarar ko'radi. Kasaba uyushmasi ish haqini 8 foizga, lekin oyiga 350 yevrodan kam bo'lmagan miqdorda oshirishni talab qilmoqda, shuningdek, og'ir ishlar uchun bonuslarni oshirish va xodimlarga qo'shimcha dam olish kunlari berishni talab qilmoqda. Ver.di o'z bayonotida ish tashlash "taxminan 25 ming xodimning ish sharoitlarini yaxshilash" uchun zarur ekanligini aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31016 | Инструменты