Huawei 1
Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda Pungan-Namangan, Toshkent-Chinoz avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilinadi

27-mart kuni Transport vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining “CITIC Construction” kompaniyasi bilan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish yo‘nalishidagi loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kompaniya Pungan-Namangan, Toshkent-Chinoz avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish bilan birga yangi pullik yo‘llarni qurish bo‘yicha o‘z xalqaro tajribasi bilan O'zbekistonning transport infratuzilmasini yaxshilashda qurilish sohasidagi zamonaviy yechimlarni qo‘llagan holda ishtirok etish xohishini bildirdi.

Transport vaziri o‘z navbatida ushbu yo‘llar xalqaro standartlarga javob beradigan, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda qisqa vaqtda qurilishi hamda qurilish tannarxini arzonlashtirishga alohida e’tibor qaratilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Xorij kompaniyasi loyihalarni o‘rganish ishlarini olib borayotgani, yaqin kunlarda barcha talablarga javob beradigan loyiha takliflarini taqdim etishini ma’lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110806 | Инструменты