Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Sichuan Shengyakai Fastening Equipment” kompaniyasi rahbari Gu Shanxonni hamda kompaniyaning viloyatimizdagi mahalliy hamkorlarini qabul qildi.
Uchrashuvda Xitoy kompaniyasi tomonidan Farg‘onada amalga oshirish rejalashtirilayotgan qurilish montaj pistoletlari ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.
Qurilish sektori rivojlanib borayotgan barcha davlatlarda ushbu mahsulotga talab yuqori ekanini qayd etgan Gu Shanxon, ishlab chiqariladigan mahsulot ichki bozor bilan birga xorijiy davlatlarga katta hajmda eksport ham qilinishini bildirdi.
Farg‘ona bilan keng ko‘lamli hududlararo hamkorlikda bo‘lgan Sichuan provinsiyasida faoliyat olib boruvchi “Sichuan Shengyakai Fastening Equipment” kompaniyasining qiymati 10 mln. dollar bo‘lgan ushbu investitsion loyihasi, O‘zbekiston sanoati uchun yangi bo‘lgan ushbu mahsulot turini ishlab chiqarilishi bilan muhim ekanini qayd etgan viloyat hokimi, ushbu loyihani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov ham ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110804 | Инструменты