Huawei 1
Namanganda 116,9 mln so‘mlik 43,2 ming kVt. soat elektr energiyasini talon-toroj qilgan shaxslar ushlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Namangan viloyati Chust tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor S. Sh. va tuman elektr taʼminoti inspektori Yu. M. bilan til biriktirib, o‘ziga qarashli ekin yer maydoniga o‘rnatilgan suv nasosini elektr tarmog‘iga hisoblagichsiz, shartnoma tuzmasdan, tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulab, 116,9 mln so‘mlik 43,2 ming kVt. soat elektr energiyasini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan S. Sh. ga Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi hamda elektr taʼminoti inspektori Yu. M. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “e” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101814 | Инструменты