Huawei 1
Navoiydagi Jaraquduq maydonida Yaponiya olimlari bilan birgalikda paleontologik tadqiqotlar olib borildi

Navoiy viloyatidagi Jaraquduq maydonida Yaponiya olimlari bilan birgalikda paleontologik tadqiqotlar olib borildi.

Davlat Geologiya muzeyi hamda Yaponiyaning Sukuba universiteti bilan imzolangan memorandum doirasida joriy yilning 9 – 14-oktabr kunlari Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi Jaraquduq maydonida paleontologik dala ishlari amalga oshirildi.

Jarayonlarda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Regional Markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasi xodimlari, Yaponiyaning Sukuba universiteti, Xokkaydo universiteti olimlari, Xyogo prefekturasi muzeyi kuratori ishtirok etishdi.

Qidiruv ishlari davomida topilgan namunalar kelishuv doirasida izlanishlar olib borilishi uchun ro‘yxatga olindi va bu kelgusida Davlart Geologiya muzeyi eksponatlarini boyitishga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101814 | Инструменты