Huawei 1
Niderlandiya Ukrainani artilleriya snaryadlari bilan ta’minlashga 271 mln yevro ajratadi

Niderlandiya Ukrainani artilleriya snaryadlari bilan ta’minlash uchun 271 million yevro ajratmoqchi. Bu haqda Niderlandiya bosh vaziri Dik Sxof X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘ Daniya, Niderlandiya va Chexiyaning o‘q-dorilarni yetkazib berish bo‘yicha qo‘shma tashabbusi doirasida ajratiladi.

“Niderlandiya artilleriya snaryadlari uchun 271 million yevro ajratadi. Shu tariqa biz 2025-yilda Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishda yordam beramiz”, dedi bosh vazir.

Avvalroq Germaniya, Belgiya, Daniya va Norvegiya 2024-yil oxirigacha Ukrainaga 1,4 milliard yevrolik yordam paketini taqdim etishi ma’lum qilingandi.

“Yangi yordam IRIS-T va Skynex havo hujumidan mudofaa tizimlari, tanklar, zirhli mashinalar, hujumchi dronlar, radarlar va artilleriya snaryadlarini yetkazib berishni o‘z ichiga oladi”, dedi Shols Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Berlinda bo‘lib o‘tgan anjumanda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101814 | Инструменты