Huawei 1
Farg‘onada 44 ta "Iphone 16 ProMax" telefonlarni noqonuniy olib kirgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona tumanida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Tadbir davomida fuqaro boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi tezkor kuzatuvga olinib, ushbu tuman hududida to‘xtatilib belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dastlabki qiymati 900 mln so‘mlik jami 44 dona “Iphone 16 ProMax” rusumli uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101814 | Инструменты