Huawei 1
Jahon chempionati yakkalik bahslaridagi ishtirokimizni 13 ta medal bilan yakunladik

Poytaxtdagi “Yunusobod” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha Harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.

Biroz avval o‘z tarixida 42-marotaba tashkil etilayotgan dunyo birinchiligining yakkalik bahslari yakuniga yetdi. Ikkinchi kungi bellashuvlarda 3 ta oltin, 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritdik. -81 kg vazn toifasi finalida Hikmatulloh To‘rayev Muso Sobirovni mag‘lubiyatga uchratib, chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi. To‘rayev kumush medalga sazovor bo‘ldi. 

Rustam Shorahmatov (-100 kg) va Shohruh Baxtiyorov (+100 kg) ham o‘z vaznlarida Harbiylar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lishdi. Irisxon Qurbonboyeva (+78 kg) esa o‘zi uchun yangi vazn toifasida kumush medalga ega chiqdi. Bronza medali uchun tatamiga chiqqan Shirinjon Yo‘ldosheva (-70 kg), Mushtariybegim Afzalova (-78 kg) va Bekmurod Oltiboyev (+100 kg) raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. 

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi 42-Harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatini 5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan yakunladi.

G‘olib va sovrindor dzyudochilarimiz:  

Oltin medal 

-52 kg: Gulhayo Jo‘rayeva

-73 kg: Shahram Ahadov

-81 kg: Hikmatilloh To‘rayev  

-100 kg: Rustam Shorahmatov 

+100 kg: Shohruh Baxtiyorov 

Kumush medal 

-48 kg: Halimajon Qurbonova

-63 kg: Nigina Saparbayeva

-66 kg: Abdurahim Nutfullayev

-81 kg: Muso Sobirov 

+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

Bronza medal 

-48 kg: Laziza Haydarova

-57 kg: Nilufar Ermaganbetova

-60 kg: Bahrom Boturov

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101814 | Инструменты