Birjada unning narxi 4 819 so‘mga, paxta yog'ining narxi 16 245,5 ming so‘mga pasaydi

Joriy yilning 8-14-avgust kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 2 416,1 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi. Bu avvalgi haftaga nisbatan 8,1% ga kamdir. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar qildi.

Ta'kidlanishicha, sotuvlarning 81,0% - birja savdolari, 18,5% - elektron davlat xaridlari, 0,2% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari va 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 957,7 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. 

Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolariga 3 301,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi, undan 1560,0 tonnasi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 51 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 660,0 tonnani tashkil qildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 18 347,9 ming so‘mdan 16 245,5 ming so‘mgacha, ya’ni 11,4% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Un

Ko‘rib chiqilayotgan davrda o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra birjaning un bozori narx bo‘yicha pasayishni namoyon etdi. Hafta davomida birja savdolariga 55 370,0 tonna un qo‘yildi va uning 26 623,0 tonnasi, ya’ni 48,1% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 1 836 xaridor ishtirok etdi.

Shuningdek, 1-navli un bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 888,4 ming so‘mdan 4 819,0 ming so‘mga pasaydi. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 5 325,0 ming tonnani tashkil qildi. O‘tkazilgan birja savdolari natijasida 1-navli un bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 4 790,5 ming so‘mni tashkil etdi.

Shrot

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 6 979,0 tonna shrot qo‘yildi va uning 4 704 tonnasi, ya’ni 67,4 % qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 36 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 941,0 tonnani tashkil qildi.

Shrotning kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 657,4 ming so‘mdan 3 991,9 ming so‘mgacha, ya’ni 14,3%ga pasaydi.

Avvalroq, joriy yilning 1-7-avgust holatiga ko'ra, suyultirilgan gaz, katodli mis va bug'doyning narxi pasaygani haqida xabar qilgan edik. Shuningdek, iyul oyida ochiq birja savdolari 184,6 ming tonna g‘alla mahsuloti sotilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71102 | Инструменты