Huawei 1
Birjada suyultirilgan gaz, katodli mis va bug'doyning narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 1-7-avgust kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 2 627,9 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 46% ga kamdir. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, sotuvlarning 82,5% - birja savdolari, 16,9% - elektron davlat xaridlari, 0,2% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari va 0,4% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 627,9 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Suyultirilgan gaz
Birjaning suyultirilgan gaz bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 4 185,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va ulardan 3 962,0 ming tonnasi, ya’ni 95% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 160 ta xaridor ishtirok etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 663,4 ming so‘mdan 4 806,2 ming so‘mgacha, ya’ni 15,1%ga pasaygan.

Katodli mis
O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 1 175,0 tonna katodli mis qo‘yildi va undan barcha hajmi tonnasi sotildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda katodli mis bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 97 985,0 ming so‘mdan 91 808,0 ming so‘mgacha pasaygan.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida katodli mis bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 97 780,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Bug‘doy
O‘tgan haftada birja savdolari  orqali  61 917,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 57 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 12 383,0 tonnani tashkil qildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 667,7 ming so‘mdan 3 498,7 ming so‘mgacha, ya’ni 4,6% ga pasaydi.

Avvalroq, iyul oyida ochiq birja savdolari 184,6 ming tonna g‘alla mahsuloti sotilgani haqida xabar qilgan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты