28-mart kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
1 gramm oltin 1 mln 306 ming 650 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 6 mln 533 ming so‘mdan sotilmoqda.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 6 mln 533 ming so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 13 mln 66 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 26 mln 133 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 65 mln 332 ming so‘m;
- 100 gramm oltin quyma narxi 130 mln 665 ming so‘mni tashkil qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50922 | Инструменты