“ANOR BANK” Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari uchun tashkil etilgan “Qish mo‘jizasi” xayriya shousi homiysiga aylandi.
Qish - bu mo’jizalar vaqti. Bolalar esa ularni boshqacha hayajon bilan kutishadi. Shu munosabat bilan har yili yanvar oyining boshlarida mamlakatimiz bo‘ylab turli bayramlar, konsertlar, tomoshalar va tanlovlar o‘tkaziladi. Ana shunday tadbirlardan biri 8-yanvar kuni ZO’R TVning “Renessans” zalida o’tkazildi.
“Qish mo‘jizasi” deb nomlangan ko’ngilochar shou dasturi juda qiziqarli tarzda o’tdi. Bolalarni turli xil ertak qahramonlari kutib olishdi, ular orasida asosiy qahramonlar – Qor Bobo va Qor qiz ham bo’ldi.
Kichkina mehmonlar uchun asosiy sahnada “Qor malikasi” yorqin raqs musiqali tashkil etildi. Klassik ertak syujeti zamonaviy raqslar va yorug‘lik shousi bilan boyitilgani, shubhasiz, barcha bolalarga manzur bo‘lib, ularga chinakam yangi yil kayfiyatini baxsh etdi.
Yangi yilni sovg'alarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi, albatta! Shuning uchun, spektakl yakunida bolalarga maxsus tayyorlangan sovg‘alar taqdim etildi.
Ushbu bayramning bosh homiysi “ANOR BANK” bo‘lib, Prezident Farmoni bilan Mehribonlik uylariga biriktirilgan O‘zbekiston Milliy gvardiyasiga bolalar uchun 700 ta chipta taqdim etdi. Bu esa Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi Mehribonlik uylarining 700 nafar tarbiyalanuvchisi bayramga tashrif buyurib, ijobiy emotsiyalarga ega bo’lishlari va yuzlarida tabassum paydo bo’lishiga imkon berdi.
Eslatib o‘tamiz, “ANOR BANK” xayriya tadbirlarini birinchi marta o‘tkazayotgani yo‘q. Har yili 22 avgustda bank tashkil topgan kuni Chirchiq shahridagi 14-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun bayram tashkil etiladi. Tug'ilgan kunni bolalar bilan nishonlash – ajralmas an'anaga aylandi. Bundan tashqari, “ANOR BANK” Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida har yili oʻtkaziladigan “Samarqand xayriya marafoni” faol ishtirokchi hisoblanadi. Mazkur marafonning maqsadi madaniyat va sanʼat obyektlarida inklyuzivlik muammosiga eʼtibor qaratish, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sport turizmini rivojlantirish.
MA’LUMOT UCHUN
“ANOR BANK” AK 2020-yil 22-avgustda bank litsenziyasini olgan birinchi mahalliy tijorat raqamli bank bo‘lib, sentabr oyidayoq to‘liq ishlay boshladi va onlayn xizmatlar ko‘rsatishni boshladi.
“ANOR BANK” jismoniy va yuridik shaxslarga bankka bormasdan turib, to‘liq bank xizmatlarini taqdim etadi. Barcha xizmatlarni veb-saytda, mobil ilovada yoki oddiygina kechayu kunduz ishlaydigan aloqa markaziga qo'ng'iroq qilish orqali olish mumkin. Raqamli banking innovatsion kontseptsiyasi bugungi kun talablarining aksidir. Jamiyat mobilroq bo‘ldi, har bir kishi raqamli texnologiyalardan foydalanishni va ko‘pgina xizmatlarni dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan turib va kechayu kunduz olishni ma’qul ko‘radi.
“ANOR BANK” har bir mijozga individual yondashish va ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida xavfsizlikni kafolatlagan holda har qanday so‘rovni imkon qadar tezroq ko‘rib chiqish uchun doim harakat qiladi.
2022 yilda ANORBANK BSS Uzbekistan omnikal dialog platformasidan foydalangan holda nutq texnologiyasini joriy etish loyihasini amalga oshirgani uchun Milliy bank mukofotining eng yuqori mukofoti bilan taqdirlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51007 | Инструменты