Huawei 1
Markaziy bank to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibiga o‘zgartirish kiritdi

Markaziy bank boshqaruvining “To‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

Xalqaro moliya institutlari, chet el to‘lov tizimi operatorlari, to‘lov tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlari hisoblanmaydigan norezident yuridik shaxslar hamda norezident jismoniy shaxslarning to‘lov tizimi operatori va to‘lov tashkiloti ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) jami ulushi 50%dan oshmasligi kerak.

Boshqa kredit tashkilotlari deganda quyidagilar tushuniladi:

- moliyaviy faoliyat turlarini amalga oshiruvchi kompaniyalarni boshqarish maqsadida tashkil etilgan xolding kompaniyasi (boshqaruv kompaniyasi);

- vakolatli davlat organining litsenziyasi (ruxsatnomasi) asosida moliyaviy faoliyat turlaridan birini amalga oshiruvchi va joylashgan davlatida konsolidatsiyalashgan nazorat mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar. 

Nizomda moliyaviy faoliyat turlari belgilanmoqda:

- bank faoliyati;

- mikromoliyalashtirish faoliyati;

- sug‘urta faoliyati;

- lizing faoliyati

- ipotekani qayta moliyalashtirish faoliyati. 

Xalqaro moliya institutlari, chet el to‘lov tizimi operatorlari, to‘lov tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlari hisoblanuvchi norezident yuridik shaxslar to‘lov tizimi operatori yoki to‘lov tashkilotining 50%dan ortiq ulushiga ega bo‘lishi  uchun ushbu tashkilotlarning ustav fondi (ustav kapitali) 20 mln yevro ekvivalentidan kam bo‘lmasligi kerak. Ilgari ustav kapitali miqdori bo‘yicha bunday talab ulushning miqdoridan qatʼi nazar o‘rnatilgan edi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты