Huawei 1
O‘zbekistonda o‘tgan yilda sug‘urta mukofotlarining umumiy hajmi 7,2 trln so‘mni tashkil etgan

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan KPMG konsalting kompaniyasining «Sug‘urta sanoati prognozi 2024: sotib olishni rivojlantirish, sunʼiy intellekt, isteʼdod va iqlim o‘zgarishini yumshatish» mavzusidagi hisoboti tahlil qilindi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda sug‘urta bozori ijobiy rivojlanish tendensiyalarini ko‘rsatmoqda. Buni o‘tkazilgan tahlillar asosida quyidagi yo‘nalishlarda ko‘rish mumkin. Birinchidan, sohaning huquqiy asoslari mustahkamlandi, raqobatbardosh sug‘urta bozorini rivojlantirishga qaratilgan bir qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Ikkinchidan, sug‘urta tashkilotlari soni ortishi kuzatildi – 2017-yilda O‘zbekistonda 27 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib,ularning soni 41 taga yetdi. 2023 yilda sug‘urta mukofotlarining umumiy hajmi 7,2 trln. so‘mni tashkil etgan va bu o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 67 foizga o‘sgan. Bunda ixtiyoriy sug‘urta turlaridan kelib tushgan sug‘urta mukofotlari hajmi 2023 yilda 6713,6 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

Sug‘urta polislari soni esa 1,4 baravar o‘sib, 8,4 milliontaga yetdi va shartnomalar foydalanuvchilar uchun qulay elektron shaklga o‘tkazildi. 2022 yilda sug‘urta kompaniyalari ustav kapitali 2017 yildagiga nisbatan 5,8 baravar o‘sib, 1,88 trln. so‘mni tashkil qildi. 2022 yilda mijozlar uchun sug‘urta to‘lovlarining umumiy miqdori 2,6 trln. so‘mni tashkil qildi va bu 2017 yildagiga nisbatan 9,6 baravar ko‘p degani.

Hududlardagi tarkibiy tuzilmalar soni 2017 yildagiga nisbatan 1,5 baravar oshdi va deyarli 2 mingtaga yetdi. Barcha hududlarda 15,4 ming nafar xodim va sug‘urta agentlari uchun barqaror ish o‘rinlari yaratildi. Hozirda sug‘urta kompaniyalari turli yo‘nalishlarda 110 dan ortiq turdagi sug‘urta mahsulotlarini taklif qilmoqda.

Uchinchidan, sohada amalga oshirilgan qator islohotlarga qaramasdan, ekspertlarning fikricha, mamlakat sug‘urta bozori to‘liq shakllanib ulgurmagan.

Mutaxassislarning fikricha, mamlakat sug‘urta xizmatlari bozoridagi qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.  

Maʼlumotlarga ko‘ra, ayrim sug‘urta xizmatlari majburiy bo‘lishiga qaramay, ish beruvchilarning atigi 7,2 foiz, tashuvchilarning 8,6 foizi xavfli obyektlarning 1,8 foizi va qurilish-montaj ishlarining 9,2 foizi sug‘urtalangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63006 | Инструменты