Xalq bankning sobiq bosh ofisi qariyb 120 mlrd so‘mga sotildi

24 may kuni E-Auksion saytida Xalq bankning sobiq bosh ofisi binosining sotuvi yakunlanib, obekt “Oasis Samarkand” kompaniyasiga 119,7 mlrd so‘mga sotildi

Bino bank kuzatuv kengashining 2024 yil boshidagi qaroriga muvofiq onlayn auksionga qo‘yilgan; boshlang‘ich narxi – 114 mlrd so‘m. Savdo oshirib borish uslubida o‘tkazilgan.

Auksion 15 daqiqa davom etgan. “Oasis Samarkand” yagona talabgor bo‘lib, boshlang‘ich narxdan 5 foiz yuqori narx, 119,71 mlrd so‘m taklif qilib g‘olib bo‘lgan.

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, g‘olib “Oasis Samarkand” MChJ 2013 yilda Samarqand shahrida tashkil qilingan. Faoliyati – restoranlar va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, ustav fondi – 2,26 mlrd so‘m. Kompaniyaning 100 foiz ulushdori – Dalerov Amir Dilshodovich.

Bino 1995 yilda qurilgan bo‘lib, Toshkent shahri Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasida joylashgan. Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,5 gektar bo‘lib, olti, besh va ikki qavatli uchta ofis binolarini o‘z ichiga oladi. Binolarning umumiy maydoni 9242 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bino bilan birga umumiy quvvati 50 kW/h quyosh panellari ham sotilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты