Toshkentga futbol bo‘yicha jahon chempionati kubogi yetib keldi. Kubok ertaga Tashkent City Congress Hall binosida ommaviy namoyish etiladi
Futbol bo‘yicha jahon chempionati kubogi 5-iyun kuni soat 19:08da Beyrutdan (Livan) uchgan Gulfstream G600 biznes-jeti bilan Toshkent aeroportiga olib kelindi.
Samolyotni sport vaziri Adham Ikromov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev, O‘zbekiston futbol assotsatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Coca-Cola kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Serkan Murat Dilek, Uzbekistan Airports vakillari va boshqalar tantanali ravishda kutib olishdi.
FIFA tomonidan o‘tkaziladigan jahon chempionatlari g‘oliblariga topshiriladigan kubok Toshkentga ikkinchi bora olib kelindi. Kubok Coca-Cola kompaniyasi tomonidan o'tkaziladigan FIFA World Cup Trophy Tour 2022 tadbiri doirasida olib kelindi. Kubok ertaga Tashkent City Congress Hall binosida ommaviy namoyish etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110722 | Инструменты