Huawei 1
“Barselona” so'nggi 5 o'yinida 20 ta gol urdi. Keyingi raqib — “nemis mashinasi”!

Ispaniyaning “Barselona” klubi La Liga 5-turida “Kadis”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, “Barselona” so‘nggi 5 o‘yinda 20 ta gol urdi va ikki marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Bundan avval “Sevilya” (3:0), “Valyadolid” (4:0), “Real Sosyedad” (4:1) va “Viktoriya Plzen” (5:1) taslim etilgandi.

Bu Xavi uchun “Barselona” boshqaruvidagi 25-g‘alaba bo‘ldi. Buning uchun mutaxassisga 43 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Kataloniyaliklarning keyingi o‘yini Chempionlar Ligasi 2-turi doirasida “Bavariya”ga qarshi bo‘ladi. Myunxen jamoasi Bundesligada ketma-ket 3 ta durang qayd etdi.

Ma’lumot uchun, “Bavariya” hamda “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 13-sentabrdan 14-sentabrga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21516 | Инструменты