AQShdagi qariyalar uyida yashovchi ayol o‘zining 104 yoshga to‘lgan kunini Nyu-York shtatidagi qamoqxonada nishonlashni xohladi. Ayolning bu istagini amalga oshirishda mahalliy sherif yordam berdi, deb yozmoqda Sky News.
Loretta ismli ayol umrida hech qachon bu kabi joylarda bo‘lmagani uchun qamoqxonaga tushishni orzu qilganini aytgan. Dastlab uning tug‘ilgan kuni qariyalar uyida nishonlandi, so‘ngra ayolni qamoqxonaga olib borishdi.
Jazoni ijro etish muassasasida Lorettaning barmoq izlari olindi, ekskursiya o‘tkazildi va bayram torti bilan mehmon qilindi. Tug‘ilgan kun sohibasi, shuningdek, kishanlarni ko‘zdan kechirib, sinab ko‘rdi, kameralarda, oshxonada, qo‘riqlash postlarida va dispetcherlik markazida bo‘ldi. Ayol bayramni politsiya xodimlari, jumladan xizmat iti bilan nishonladi.
“U qamoqxonamizda vaqtini ajoyib o‘tkazdi”, – deya ma’lum qildi sherif idorasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21523 | Инструменты