Huawei 1
Shols Ilon Maskni Germaniya saylovlariga aralashayotgani uchun tanqid qildi

Germaniya kansleri Olaf Shols AQSh hukumati samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari milliarder Ilon Maskning Germaniyadagi saylov kampaniyasiga aralashuvini tanqid qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

“Demokratiya Ilon Maskdan kuchliroqdir”, deb ta’kidladi Shols.

Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, u DOGE rahbari “nafaqat Germaniyada, balki Yevropaning boshqa ko‘plab mamlakatlarda ham o‘ta o‘ng partiyalarni saylashga chaqirayotganidan” xavotirda.

Shols, shuningdek, Vashington bilan Donald Tramp davridagi munosabatlar holatiga to'xtalib o'tdi: “AQSh bizning do‘stimiz”, dedi Shols.

“Biz birinchi navbatda 1945 yildan keyin Germaniya demokratik va erkin davlatga aylangani uchun AQShdan minnatdormiz”, dedi u.

Shu bilan birga, siyosatchi Trampning alyuminiy va po‘lat importiga bojlarni 25 foizga oshirish haqidagi qarorini tanqid qildi.

“Aslida, men ko‘proq emas, kamroq savdo to‘siqlari kerak deb hisoblayman”, dedi Shols va Yevropa bu masalada birlashganligini qo'shimcha qildi.

450 million aholisi bo‘lgan Yevropa ittifoqi dunyodagi eng yirik iqtisodiy zonadir, deya ta’kidladi Germaniya kansleri. 

Germaniyada 23-fevral kuni navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21523 | Инструменты