Huawei 1
"Barselona" Xavi iste’foga chiqishini e’lon qildi

"Barselona" o'zining rasmiy sayti orqali Xavi iste’foga chiqishini e'lon qildi.

"Barselona" Xaviga futbolchi va jamoa sardori sifatidagi misli ko'rilmagan faoliyatini to'ldiradigan murabbiy sifatidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va unga omad tilaydi. Shu yakshanba kuni Sevilyada Xavi asosiy jamoa murabbiyi sifatidagi so'nggi o'yinini o'tkazadi", - deyiladi xabarda.

27-yanvar kuni "Barselona" Ispaniya chempionatining 22-tur uchrashuvida o'z maydonida "Vilyarreal"ga mag'lub bo'ldi (3:5). O'yindan so'ng Xavi mavsum oxirida bosh murabbiy lavozimini tark etishini e'lon qildi. Mutaxassis ketish qarorini klub yo‘nalishini o‘zgartirishi zarurligi bilan izohladi. Keyinchalik mutaxassis fikrini o'zgartirib, o'z lavozimida qolishga qaror qildi, ammo klubning o'zi mehnat shartnomasini bekor qilishga qaror qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72716 | Инструменты