Huawei 1
"Afrosiyob" poyezdi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tishni boshladi

2025-yil 10-fevral kunidan 768/767-sonli “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishidagi yuqori tezlikdagi "Afrosiyob" elektropoyezdi Kattaqo‘rg‘on punktiga to‘xtab o‘tishini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, bugun Kattaqo‘rg‘on bekatida ilk yo‘lovchilar tantanali ravishda kutib olingan.

Eslatib oʻtamiz, 1-fevraldan tezyurar poyezdlar uchun chipta narxi oshirilgan. “Afrosiyob” poyezdlari chipta narxlari 20-25 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlari chipta narxlari 30 foizga qimmatlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21105 | Инструменты