Latviyaga ishlash maqsadida kelgan va og'ir kasallikka chalingan yurtdoshimiz O'zbekiston elchixonasi xodimlari ko'magida oilasi bag'riga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo " AA.
Vatandoshimiz M.V. o'tgan yili ishlash maqsadida Riga shahriga kelgan. Ammo, sog'lig'ida kuzatilgan muammolar sababli shu yil yanvar oyi o'rtalarida Riga shahridagi shifoxonalardan biriga davolanish maqsadida joylashtirilgan.
Qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz O'zbekiston elchixonasiga murojaat qilib, vatanga qaytish va shifoxona bilan yuzaga kelgan muammolarni hal etishda amaliy yordam berishni so'rab murojaat qildi.
Diplomatlar shifoxona mas'ullari bilan uchrashuv o'tkazib, barcha muammolarni hal etish bo'yicha kelishib oldilar. Shuningdek, hamyurtimizning O'zbekistonga qaytishi bilan bog'liq hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko'rsatildi.
Bemorning davolanishi va vatanga qaytishi bilan bog'liq xarajatlar mamlakatimiz elchixonasi hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti Riga ofisi ko'magida ijobiy hal etildi.
Yurtdoshimiz "Uzbekistan Airways" milliy aviakompaniyasining "Riga-Toshkent" yo'nalishidagi samolyoti bilan O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21105 | Инструменты