“Dunyoda bir o'zi Jahon chempionligini qo'lga kirita oladigan futbolchi mavjud emas”, — Kavani
Ispaniyaning “Valensiya” klubi hujumchisi, Urugvay terma jamoasi a'zosi a'zosi Edinson Kavani zamonaviy futbolda egoistlar ko'p ekanligi haqida fikr bildirdi.
“Zamonaviy futbolga biz nazar soling. U borgan sari o'z mohiyatini yo'qotib bormoqda. Balki eski avlod, eski futbol maktabiga mansub bo'lganim uchun shunday tuyulayotgandir. Balki mening fikrlashim hozirgi zamonaviy futbolchilarning qarashlariga to'g'ri kelmas.
Hozirgi kunda futbolga ijtimoiy tarmoqlar, zamonaviy texnologiyalar kirib kelmoqda va bu futbolga bo'lgan qarashni ham o'zgartirmoqda. Avvallari jamoada hammaning maqsadi bitta edi — g'oliblik. Hozir esa hammaning maqsadi har xil. Shuhrat, OAVning munosabati, mashhurlik va boshqalar hozir trendda, men dunyodagi eng ajoyib narsa jamoaviy g'alaba bo'lgan maktabga mansubman.
Dunyoda bir o'zi Jahon chempionligini qo'lga kirita oladigan futbolchi yo'q, mavjud emas va bo'lmaydi ham. Bu individual emas, jamoaviy sport turi. Hozir hamma jamoaviy yutuq emas, to'purarlik, taniqli nom hamda “Oltin to'p” uchun harakat qiladi, bu esa jamoa maqsadlarining deformatsiyalashuviga olib keladi”, — deydi Kavani.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13103 | Инструменты