O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, tarjimon va yozuvchi Shodmon Otabek 79 yoshida vafot etdi. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bu haqida xabar berdi.
Adib "Do‘rmon hangomalari", "Mirzakalon Ismoiliy saboqlari", "Shirmonbuloq oqshomlari" kabi kitoblar yozgan. Tolstoy va Nesinning hikoyalarini o‘zbek tiliga o‘girgan.
Shodmon Otabek 1946-yili Andijon viloyatining Shirmonbuloq qishlog‘ida tug‘ilgan. 1969 yili hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetni bitirgan. Respublika radiosida, O‘zbekiston Milliy kinokompaniyasida, Toshkent davlat madaniyat institutida, "O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati" gazetasida ishlagan. 1992-yildan 2003-yilgacha “Xabar” gazetasida bosh muharrir bo‘lgan.
Turli yillarda yozuvchining "Mirzakalon Ismoiliy", "Yaproqdagi nur", "Odamiylik sinovlari", "Eng baxtli kun", “Qorbo‘ron”, "Shaxmat abadiydir", "Shirmonbuloq oqshomlari" kabi kitoblari, shuningdek, "Yaxshi kunlarda ko‘rishaylik", "Birkam dunyo" qissalari chop etilgan.
UzReport.news tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30319 | Инструменты