Huawei 1
“Yuventus” Di Mariyaning qancha muddatga safdan chiqqanini ma'lum qildi

Italiyaning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Anxel di Mariya jarohati sababli yana safdan chiqdi.

Turin klubi rasmiy saytining xabar berishicha, argentinalik 34 yoshli yarim himoyachi Chempionlar ligasi 4-turi doirasidagi “Makkabi Hayfa”ga qarshi uchrashuvning (0:2) birinchi boʻlimida olgan jarohati sababli 3 hafta maydonga tusha olmaydi. Di Mariya bugun, 13-oktyabr kuni tibbiy tekshiruvdan oʻtgach futbolchining orqa soni shikastlangani oydinlashgan. Tiklanish jarayoni 20 kun davom etishi taxmin qilingan.

Eslatib oʻtamiz, Di Mariya joriy mavsumda ikkinchi marta jarohat olishi. U sentyabr oyida ham jarohat sababli ikki haftadan koʻproq vaqt davomida jamoasiga yordam bera olmagandi.

Avvalroq, Argentina terma jamoasi a’zosining Jahon chempionati bahslarini oʻtkazib yuborishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102420 | Инструменты