Bugun, 2 oktyabr kuni O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining yarim final bahslari start oladi.
Mazkur bosqichga Janubiy Amerika va Yevropaning ikkitadan terma jamoalari yetib keldi.
Final oldidan bahsda Janubiy Amerika vakili Braziliya Ukraina bilan to‘qnashsa, Argentina Fransiyani sinovdan o‘tkazadi.
G‘olib jamoalar 6 oktyabr kuni “Humo arena”da jahon chempionligi uchun bahs olib boradi, mag‘lub bo‘lgan termalar esa o‘sha kuni 3-o‘rin uchun maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Ukraina-Braziliya uchrashuvi 2 oktyabr, Argentina-Fransiya bahsi esa 3 oktyabrda bo‘lib o‘tadi. Har ikki uchrashuvga Toshkent shahridagi “Humo arena” mezbonlik qiladi. O‘yinlar soat 20:00 da start oladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100317 | Инструменты