Huawei 1
“Gol ura olmagani uchun Shomurodovni tanqid qila olmayman”, — Joze Mourinyo

Italiyaning “Roma” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo A Seriya 14-turi doirasidagi “Sassuolo” bilan bahsdan soʻng (1:1) jamoasi hujumchilari, jumladan, Oʻzbekiston terma jamoasi forvardi Eldor Shomurodov haqida ham gapirdi.

“Birinchi boʻlimda Shomurodov yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalanishi kerak edi. Temmi? Men hujumchilarning gol urish imkoniyatlarini baholamoqchi emasman. Eldorni gol urmagani uchun tanqid qila olmayman, chunki u boshqa vaziyatlarda qoʻldan kelgancha harakat qildi.

Belotti haqida nimadir deya olmayman, chunki u hali jamoaga moslashishi kerak”, – dedi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib oʻtamiz, Eldor Shomurodov kechagi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushib, 66-daqiqada Temmi Abraxam bilan almashtirildi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92211 | Инструменты