Huawei 1
Jizzaxda tut daraxtlari noqonuniy kesilgani aniqlandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligiga Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida yashovchi fuqaro D.N. tomonidan tut daraxtlari noqonuniy kesilgani haqida murojaat kelib tushdi.

Murojaat Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan o’rganildi. O’rganish davomida Do’stlik tumani Mevazor MFY hududidan o‘tuvchi “Sarkisov” kanali yoqasida 13 tup tut daraxti noqonuniy kesilganligi aniqlandi. Natijada O‘zbekiston Respublikasi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining  4, 37, 49-moddalari talablari buzilgan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 93-sonli qaroriga  asosan ayrim tut daraxti turlari, xususan, kesilgan tutlar qimmatbaho daraxt turiga kiritilgan.

Huquqbuzarlik natijasida o‘simlik dunyosiga 369 million 375 ming so’m zarar yetkazilgani ma'lum bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qaroriga  ko‘ra esa davlat o’rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy davrida daraxtlar va butalarga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan holda qo’llanilishi belgilangan. Shunga asoslangan holda yetkazikgan zarar miqdori 738 million 750 ming so’m miqdorida belgilandi.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida Do‘stlik tuman prokuraturasiga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12402 | Инструменты