Huawei 1
Qirg‘izistonda 500 gramm simobni sotmoqchi bo‘lgan transmilliy jinoiy guruh qo‘lga olindi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari joriy yilning 18 yanvar kuni Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolaridan iborat transmilliy jinoiy guruhni 0,5 kilogramm simobni sotishga urinayotgan vaqtida qo‘lga oldi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, xavfli modda Qirg‘izistonga O‘zbekistondan kontrabanda yo‘li orqali olib kelingan. Kontrabandachilar simobning bir grammini 4 ming dollarga baholashgan.

Qo‘lga olinganlar orasida O‘zbekiston fuqarosi B.B.A. va Qirg‘iziston fuqarolari M.S., M.X. va S.U.lar bor. Holat yuzasidan JKning 292-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu jinoiy guruh faoliyatiga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor-tergov tadbirlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12400 | Инструменты