Qonun (O'RQ-1021-son, 23.01.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Unga ko'ra, bir qator qonun hujjatlaridagi normalar amalga oshirishning muayyan mexanizmlari mavjud emasligi hamda ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi natijasida o'z dolzarbligini yo'qotganligi, eskirganligi sababli qayta ko'rib chiqildi, shuningdek ba'zi normalarni amalga oshirish mexanizmlari belgilandi.
Bundan tashqari “Davlat mulkini xususiylashtirish to'g'risida”gi Qonunga kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat zonalari va tadbirkorlik zonalari hududida joylashgan davlat ko'chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish alohida qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini nazarda tutuvchi qo'shimcha kiritilmoqda.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12400 | Инструменты