Huawei 1
Saida Mirziyoyeva UNICEF, UNESCO, UNDP, IHRT va Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva UNICEF, UNESCO, UNDP, IHRT va Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Xalqaro taʼlim kuni arafasida men O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi islohotlari samarasini, muvaffaqiyatlarini faxr bilan eʼtirof etmoqchiman. Biz taʼlim — farovonlik poydevori ekaniga qatʼiy ishonamiz va har bir bola uchun o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini taʼminlashga intilamiz”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Maʼlum qilinishicha, muloqot davomida taʼlim masalasiga yangi yondashuvlar — innovatsiyalar, zamonaviy metodikalar va jahon tajribasiga asoslangan yechimlar muhokama qilindi.

“Birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz natijasida sifatli taʼlim olish imkoniyatidan barcha erkin foydalanishi uchun zarur sharoit yaratishga erishamiz”, deb yozgan prezident yordamchisi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12400 | Инструменты