Huawei 1
23-yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O'zbekistonda 2030 yilgacha kamida 100 ta “Yangi O‘zbekiston” massivini qurish reja qilingan

Joriy yil “Yangi O‘zbekiston” massivlari infratuzilmasi uchun 1,2 trillion so‘m beriladi.

Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan pullik xizmatlar ko'rsatiladi

Nizom Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida shartnoma asosida pullik xizmatlar ko'rsatish tartibini belgilaydi.

Endi “Yangi O‘zbekiston” massiviga berilgan yer bo‘yicha loyihalashni 2 oydan, qurilishni boshlashni 3 oydan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi

Shuningdek, loyiha ekspertizasini o‘n besh kundan o‘tkazib yuborgan tashkilotlarning litsenziyasi to‘xtatib qo‘yiladi.

O‘zbekiston eksportidagi TOP-10 davlatlar ma'lum qilindi

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, o'tgan yilda Rossiya O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatdir — 3,7 mlrd AQSH dollari.

Toshkent viloyatidagi bog‘chada ilon bilan tomosha ko‘rsatuvi ishi sudga yuborildi

Qayd etilishicha, ilonlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan. Ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar esa holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida sud organlariga topshirildi.

Jahon banki O‘zbekistonning 2024-yildagi iqtisodiy o‘sishini baholadi

Hisobotga ko'ra, O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 2025-yilda 5,8 foiz (YeMO mintaqasidagi davlatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri) va 2026-yilda 5,9 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Toshkent — Xo‘jakent elektropoyezdi qatnaydigan yo‘l Chinorkentgacha uzaytirildi

Xo‘jakentdan Chinorkentgacha 1,5 km masofaga temir yo‘l qurildi, shuningdek, “Chinorkent” temir yo‘l bekati qurib bitkazildi hamda 22-yanvar kuni foydalanishga topshirildi.

2025-yil yakuniga umumiy inflyatsiya 7-8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda

Shuningdek, 2025-yilda yuqori iqtisodiy faollik hisobiga yalpi ichki mahsulot o‘sishi tendensiyasi davom etib, yil yakunida 6 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda. Bunda xususiy investitsiyalar ortishi iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lib, tovar va xizmatlar taklifining ortishiga xizmat qiladi.

Markaziy bank: Almashuv kursiga taʼsir etuvchi ichki omillar bo‘yicha sezilarli xatarlar kutilmayapti

Pul bozoridagi foiz stavkalari va davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlilik ko‘rsatkichlari joriy pul-kredit sharoitlarining nisbatan qatʼiyligini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiyotdagi real foiz stavkalari aholining jamg‘arishga moyilligini kuchaytirmoqda. Pul-kredit sharoitlari qatʼiylik darajasi saqlab qolinishi natijasida kelgusida ham kreditlash hajmining o‘sishi mo‘tadil bo‘lishi va depozitlarning yuqori o‘sish surʼatlari davom etishi yalpi talabni muvozanatlashtiruvchi va monetar omillarning inflyatsiyaga taʼsirini kamaytiruvchi xususiyatga ega bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12401 | Инструменты