Huawei 1
"Husanov jamoamizning eng yoqimtoy futbolchisiga aylanib bo‘ldi" – Gvardiola

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionati 27-turidan o‘rin olgan “Tottenxem”ga qarshi bahsdan keyin matbuot anjumanida qatnashib, “shaharliklar”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov haqida iliq so‘zlarni aytdi.

“Menga eng yoqqan tarafi Husanov allaqachon jamoa kiyim almashtirish xonasida hammaning yoqimtoyiga aylanib bo‘lgan. Bugun u hatto tish cho‘tka va boshqa lash-lush soladigan sumkasiz keldi, ya’ni u futbol o‘ynash uchun keldi. Husanov bilan gaplashganingizda, faqat kulib turadi, lekin u ishonchli futbolchi. U chiziqlarni buza oladigan qobiliyatga ega. Albatta, u hali rivojlanishi kerak. Men tezligi yuqori bo‘lgan ko‘p futbolchilarni ko‘rganman, Husanov ulardan biri. Hamma uni yaxshi ko‘radi, hech narsadan nolimasdan mehnat qiladi, shunaqangi kamtarki, ishonchim komil, muxlislarimiz uni yaxshi ko‘rib qoladi. “Chelsi”ga qarshi debyut o‘yinida qabul qilib olgan “zarba”dan so‘ng o‘ziga kelish oson bo‘lmadi”, deydi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, “Tottenxem”-“Manchester Siti” bahsida “shaharliklar” Erling Xolandning yagona goli evaziga uchrashuvda g‘alabani rasmiylashtirdi. Hozirda “Man Siti” 47 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30318 | Инструменты