Huawei 1
Malayziya va Indoneziyadan “Umra plyus” turistik dasturi asosida sayyohlarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi

Turizm qo‘mitasida Malayziya va Indoneziyadan “Umra plyus” asosida va ziyorat turizmi yo‘nalishida sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlar hamda vazirlik va idoralar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Davlat rahbari tomonlaridan 2025-2026 yillar Malayziya va Indoneziyadan “ziyorat turizmi” yo‘nalishida sayyohlar oqimini oshirish yuzasidan berilgan topshiriqlarini ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda turistik kompaniyalarni jalb qilgan holda “Umra plyus” turistik dasturi va turpaketlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.Iqtisodiy asoslar orqali Kuala Lumpur-Samarqand-Jidda-Kuala Lumpur, Jakarta-Samarqand-Jidda-Jakarta, Kuala Lumpur-Buxoro-Jidda-Kuala Lumpur, Jakarta-Buxoro-Jidda-Jakarta yo‘nalishlarida sayohatlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari, Madaniy meros agentligi, “Uzbekistan airports” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Musulmonlar idorasi va Din ishlari qo‘mitasi bilan birgalikda “Umra plyus” marshruti bo‘ylab aeroportlar, vokzallar, ziyorat joylari va madaniy meros obyektlari, mehmonxona va umumiy ovqatlanish obyektlarda ziyoratchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratish borasida chora-tadbirlar amalga oshirish yuzasidan asosli takliflar ishlab chiqildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30400 | Инструменты