2 mart kuni Tojikistonda parlament saylovlari o‘tkazildi. Saylov va referendum o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiya raisi Baxtiyor Xudoyorzoda tomonidan e’lon qilingan dastlabki natijalarga ko‘ra, Xalq demokratik partiyasi g‘alaba qozondi. Unga prezident Imomali Rahmon rahbarlik qiladi.
Ushbu partiya parlament quyi palatasidagi 12 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qolgan o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi: Agrar partiya 5 ta, Iqtisodiy islohotlar partiyasi 3 ta, Sotsialistik partiya va Demokratik partiya esa bittadan. Kommunistik partiya parlamentga kirolmadi. Parlamentga kirgan barcha siyosiy uyushmalar hukmron hukumatni qo‘llab-quvvatlaydi.
Saylovlarda saylovchilarning 85,3 foizi ishtirok etdi, bu 5,5 million saylovchilarning 4,7 millioni demak.
Saylovda yagona muxolifat harakati – Tojikiston sotsial-demokratik partiyasi ishtirok etmadi. O‘tgan yilning may oyida partiya asoschisi va yetakchisi Rahmatillo Zoyirov vafot etdi. Oradan bir necha oy o‘tib uning o‘rinbosari Shokirjon Hakimov davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib hibsga olindi so‘ngra 18 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Tojikiston parlamenti quyi palatasi 63 deputatdan iborat. Ular yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Bunda 22 nafar vakil proporsional tizim bo‘yicha, yana 41 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha aniqlanadi. Deputatlarning vakolat muddati - besh yil.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30400 | Инструменты