Huawei 1
Zelenskiy: Ukraina hududlarning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishini tan olmaydi

Ukraina hozirda Rossiya tomonidan bosib olingan o‘z hududlari anneksiyasini «hech qachon» tan olmaydi, hatto bu tinchlik kelishuviga erishish uchun zarur bo‘lsa ham. Bu haqda 2 mart, yakshanba oqshomida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa yetakchilarining Londondagi sammitidan so‘ng britaniyalik jurnalistlar bilan suhbatda aytib o‘tdi.

Ukraina rahbarining ta’kidlashicha, Kiyev Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni har doim «vaqtinchalik bosqinchilik» deb hisoblaydi, garchi mamlakat hozirda Rossiyani butunlay siqib chiqarish uchun yetarli harbiy kuchga ega bo‘lmasa ham. 

«Hududlarimiz va qadriyatlarimiz sotilmaydi. Erkinligimiz sotilmaydi. Rossiya bizni bu ishga tortganligi uchun biz katta narx to‘layapmiz», — dedi Zelenskiy.

Ukraina ishonchli xavfsizlik kafolatlari bilan ta’minlangan taqdirdagina o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy. U bunday kafolatlar Ukrainadagi yangi harbiy harakatlarni Rossiya uchun imkonsiz qilishiga yoki Moskva bunga borsa, Ukraina va uning ittifoqchilarining «qattiq javobiga» olib kelishiga umid bildirdi.

Parij va London Ukrainada bir oylik sulhni taklif qildi

Fransiya va Britaniya Rossiya va Ukraina o‘rtasida bir oylik qisman sulh tuzishni taklif qilmoqda. Fransiya davlati rahbari Emmanuel Makron 2 mart kuni Le Figaro gazetasiga intervyu berdi.

Makronning aytishicha, o‘t ochishni to‘xtatish havo va dengiz zarbalari hamda energetika infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatishga qadar cho‘zilishi mumkin.

«O‘t ochishni to‘xtatish bo‘lsa, (u) frontda amalda ekani yoki yo‘qligini tekshirish juda qiyin bo‘ladi», deb ta’kidladi Emmanuel Makron va front chizig‘ining uzunligi Parijdan Budapeshtgacha bo‘lgan masofaga teng ekanligini qo‘shimcha qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30400 | Инструменты